date

Serbiyada ishsiz va pulsiz qolgan bir guruh o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Serbiyada ishsiz va pulsiz qolgan bir guruh o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Serbiyada og‘ir moddiy ahvolda qolgan bir guruh o‘zbekistonliklar, xususan, Qashqadaryo viloyatidan chiqqan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston elchixonasi yordami bilan Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy manbalari xabar bermoqda.

Ular Serbiyadagi elchixona konsullik bo‘limiga murojaat qilib, O‘zbekistonga qaytish uchun moliyaviy imkoniyatlari yo‘qligini ma’lum qilgan. Ta’kidlashlaricha, serbiyalik ish beruvchi ularni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazmagan va rasmiy mehnat shartnomasi tuzmagan, natijada ular uch oy davomida ish haqisiz qolgan.

Yuzaga kelgan og‘ir vaziyatda yurtdoshlarimizning qaytishiga yordam berish maqsadida elchixona Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Migrantlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan hamkorlik qilgan.

Hamkorlik natijasida ular uchun aviachiptalar bepul asosda xarid qilinib, yurtdoshlarimiz sog‘-salomat ravishda Vatanga qaytarilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Serbiyada ishsiz va pulsiz qolgan bir guruh o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi