Alimentdan qochgan ota o‘rniga sobiq ovsin qarzdorlikni yopib berdi

1 daqiqa o'qish1.9K
Alimentdan qochgan ota o‘rniga sobiq ovsin qarzdorlikni yopib berdi

Ajrimdan keyin farzand ta’minoti uchun belgilangan aliment majburiyatlarini bajarmaslik holatlari bolalarning haq-huquqlariga ziyon yetkazmoqda. Afsuski, ba’zi ota-onalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bola taqdiriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Fuqaro A.I. ham ana shunday mas’uliyatdan qochgan otalardan biri bo‘lib chiqdi. Sud qaroriga ko‘ra, u voyaga yetmagan farzandi uchun sobiq rafiqasi A.S. foydasiga aliment to‘lashi kerak edi. Biroq u o‘z burchini bajarmay, 20 million so‘mlik qarzdorlikka yo‘l qo‘ydi.

Qarzdor shaxs qidiruvga berilgan bo‘lib, uning manzili aniqlanmagan. Ammo bu vaziyatda kutilmagan hol yuz berdi — Majburiy ijro byurosi G‘allaorol tuman bo‘limi ijrochilarining harakatlari tufayli qarzdorning akasining rafiqasi — ya’ni bola uchun yanga 10 million so‘m aliment to‘lab berdi.

Yangasi bolaga moddiy yordam ko‘rsatishini unga bo‘lgan mehr bilan izohlab, “begunoh bola javobgar emas” deya ta’kidladi. U, shuningdek, farzand taqdiriga na ota, na ona befarq bo‘lmasligi kerakligini bildirib, vaziyatdan ko‘ngli xira bo‘lganini yashirmadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?