date

Samarqandda er-xotin opiyni ichki a’zolarida yashirdi

Samarqandda er-xotin opiyni ichki a’zolarida yashirdi

14 fevral kuni Samarqand viloyatida qo‘shni davlatdan kirib kelgan ikki nafar shaxs yirik miqdordagi opiy giyohvandlik moddasini noqonuniy olib o‘tishga uringan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Jartepa» chegara bojxona postida bojxona xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat jarayonida ayol yo‘lovchi maxsus “Body Scanner” qurilmasi orqali tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijasida uning ichki a’zolarida 3 ta o‘ram borligi aniqlandi. Shifokorlar ishtirokida o‘tkazilgan tibbiy amaliyot davomida ushbu o‘ramlardan jami 255 gramm opiy moddasi chiqarib olindi.

Shuningdek, ayol bilan birga bo‘lgan turmush o‘rtog‘i ham tezkor nazoratga olindi va Samarqand shahridagi tibbiyot muassasasiga olib borildi. Tibbiy ko‘rik paytida uning ichki a’zolarida 4 ta o‘ram aniqlanib, ularda jami 541 gramm opiy borligi ma’lum bo‘ldi.

Natijada, umumiy hisobda 796 gramm opiy giyohvandlik moddasini noqonuniy olib kirishga uringan harakatlar to‘xtatildi. Hozirda ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda er-xotin opiyni ichki a’zolarida yashirdi