Toshkentda shashlikxonalar nazorati kuchaydi

Bugun, 19 fevraldan Toshkent shahrida tandir, pech va mangalda taom tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyati ustidan kuzatuv kuchaytirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, sanitariya hamda ekologiya me’yorlari talablari asosida somsaxonalar, kabobxonalar va boshqa ovqatlanish nuqtalarida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruvlar jarayonida tutun chiqarish va filtrlash tizimisiz ishlayotgan, chiqindilarni to‘g‘ri tozalash tartibini yo‘lga qo‘ymagan, tandir va mangallarni piyodalar yo‘lagi yoki turar-joy binolariga juda yaqin joylashtirgan shoxobchalar aniqlanayotgani ta’kidlandi.
Talablarga javob bermaydigan obyektlarda kamchiliklar bartaraf ettiriladi va faoliyati qonun hujjatlariga mos holatga keltirilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilishi aytildi.
Hokimlikka ko‘ra, zamonaviy tutun chiqarish va filtrlash tizimlarining mavjud emasligi aholi salomatligiga zarar yetkazishi, shahar ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda fuqarolar noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ma’lum qilinishicha, sanitariya hamda ekologiya me’yorlari talablari asosida somsaxonalar, kabobxonalar va boshqa ovqatlanish nuqtalarida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruvlar jarayonida tutun chiqarish va filtrlash tizimisiz ishlayotgan, chiqindilarni to‘g‘ri tozalash tartibini yo‘lga qo‘ymagan, tandir va mangallarni piyodalar yo‘lagi yoki turar-joy binolariga juda yaqin joylashtirgan shoxobchalar aniqlanayotgani ta’kidlandi.
Talablarga javob bermaydigan obyektlarda kamchiliklar bartaraf ettiriladi va faoliyati qonun hujjatlariga mos holatga keltirilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilishi aytildi.
Hokimlikka ko‘ra, zamonaviy tutun chiqarish va filtrlash tizimlarining mavjud emasligi aholi salomatligiga zarar yetkazishi, shahar ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda fuqarolar noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing