
Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani Urumchi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro bir million yuan (159 ming AQSh dollari)ga 33 tonnali tosh sotib olib sevgan qiziga dil izhori qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Voqea 14 mart, seshanba kuni bo‘lgan. Lyu Fey ismli yigit to‘rt yillik sevgilisi — Van Fanfanning qo‘lini so‘ragan. Bunda u sevgilisiga nikoh uzugi bilan birga 33 tonnali tosh sovg‘a qilgan. Kolleksioner toshni meteorit deya sotgan.
«RIA Novosti»ning yozishicha, yigit ushbu tosh uchun suyuklisiga uy olib berishga yig‘ib yurgan million yuanini sarflab yuborgan. Van Fanfan bir yil avval toshni kolleksionerda ko‘rganida u yoqqanini aytganidan keyin Lyu Fey toshni sotib olishga qaror qilgan. Shundan so‘ng u nikoh uzugi bilan birga toshni sovg‘a sifatida olib borgan.

Bizning sevgimiz shu tosh kabi uzoq va mustahkam bo‘ladi.
Lyu Fey
Lyu Fey
Ta’kidlash joizki, qiz yigitga turmushga chiqishga rozi bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar