Buxoro tungi klubi: qizlarga zo‘ravonlik qilgan jinoiy guruh fosh etildi

1 daqiqa o'qish386
Buxoro tungi klubi: qizlarga zo‘ravonlik qilgan jinoiy guruh fosh etildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Buxoro shahridagi tungi klublardan birida odam savdosi, ayol-qizlarni majburiy mehnat va fohishalikka tortish bilan shug'ullangan jinoiy tuzilma faoliyati fosh etildi.
  • Tergovga ko'ra, muqaddam bezorilik bilan bog'liq jinoyat uchun sudlangan klub rahbari Instagram orqali ayollarni ish va yuqori maosh va'dasi bilan jalb qilib, ularning erkinligini cheklagan, mijozlar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan va topgan pullarini tortib olgan.

Foto: Videodan kadr

Buxoro shahridagi tungi klublardan birida o‘tkazilgan tezkor tadbir jamiyatni larzaga soladigan jinoyatni ochib tashladi. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan operatsiya natijasida odam savdosi, ayol-qizlarni majburiy mehnat va fohishalikka tortish bilan shug‘ullangan jinoiy tuzilmaning faoliyati fosh etildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tungi klub rahbari — muqaddam bezorilik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan shaxs bo‘lgan. U Instagram orqali respublikaning turli hududlaridan ishsiz, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi va himoyaga muhtoj ayol-qizlarni “tanlab”, ularga baland maosh, yengil ish va “raqqosalik” faoliyatini va’da qilgan. Shu bahonada ularni Buxoro shahriga olib kelgan.

Biroq voqealar bundan keyin mutlaqo boshqa yo‘nalishga burilgan. Qayd etilishicha, qizlarning erkinligi cheklangan, ularga nisbatan ruhiy bosim, jismoniy tahdid va qo‘rqitishlar qo‘llangan. Eng og‘iri — tungi klub mijozlari bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash holatlari qayd etilgan. Jabrlanuvchilar ishlab topgan pullar esa klub rahbari tomonidan majburiy tarzda tortib olingan. Ayrim holatlarda tan jarohati yetkazilgani ham ma’lum qilinmoqda.

Tezkor tadbir vaqtida klubda faoliyat olib borgan jami 23 nafar ayol-qiz Buxoro shahar ichki ishlar organlariga olib borilgan. Hozirda tungi klub rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Klub ishini yurituvchilar va ushbu noqonuniy sxemaga aloqador boshqa shaxslarga nisbatan esa tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi esa fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi “yengil ish”, “yuqori maosh”, “tez pul” kabi jozibali e’lonlarga ishonib qolmaslikka chaqirdi. Chunki bunday “shirin takliflar” ortida odam savdosi va ekspluatatsiyaga qurbon bo‘lish xavfi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda kimlar bilan yozishma qilayotgani, qaysi akkauntlar bilan aloqaga kirishayotgani bo‘yicha ota-ona va yaqinlar nazoratini kuchaytirish tavsiya etildi.

Xulosa bitta: internetdagi har bir “baland maoshli taklif” — imkoniyat emas, ba’zan tuzoq bo‘lishi ham mumkin. Ehtiyot bo‘lish — ayb emas, hayotni saqlab qoladigan eng to‘g‘ri qaror.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?