date

Jizzaxda kredit uchun kafil bo‘lgan fuqaro mashinasidan ayrildi

Jizzaxda kredit uchun kafil bo‘lgan fuqaro mashinasidan ayrildi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida fuqaro boshqa shaxsga kredit olib bergani oqibatida o‘z avtomashinasidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati Zamon.uzga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qaroriga asosan bank foydasiga qarzdor A.I.dan kredit qarzdorligini undirish hamda ushbu qarzni KIA kompaniyasiga tegishli KIA K5 rusumli avtomashina hisobiga qoplash to‘g‘risida ijro hujjati rasmiylashtirilgan. Ushbu ijro varaqasi Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor nomida rasmiylashtirilgan KIA K5 avtomashinasi tuman hududida harakatlanayotgan vaqtda aniqlanib, belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida mazkur avtomashina ochiq auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘ hisobidan mavjud kredit qarzdorligini qoplash rejalashtirilmoqda.

Qarzdorning tushuntirishicha, avtomashina uning nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, amalda kreditni boshqa shaxs olgan va belgilangan muddatlarda to‘lovlarni amalga oshirmagan. Natijada, qarz majburiyati aynan uning zimmasiga yuklangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda kredit uchun kafil bo‘lgan fuqaro mashinasidan ayrildi