Sankt-Peterburgda pora undirolmagan politsiyachilar O‘zbekiston fuqarosining pasportiga haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ydi


O‘zbekistonlik K. Sh. pasportiga haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ygan Sankt-Peterburg politsiyachilari ustidan arz qildi, deb yozmoqda Hilol.uz sayti.
14 mart kuni ishdan qaytayotganida uni politsiyachilar to‘xtatib, hujjatlarini tekshirgan. K. Sh.ning hujjatlarida hech qanday kamchilik topilmagan.
Jabrlanuvchining aytishicha, politsiyachilar undan pora talab qilgan. Biroq rad javobini olgach, o‘zbekistonlik migrantning pasportiga sharikli ruchka bilan tilga olib bo‘lmaydigan haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ygan.
Ushbu voqea Sankt-Peterburg shahri Pushkin tumaniga qarashli Shushari posyolkasida yuz bergan.
O‘zbekistonlik migrant quyushqondan chiqqan politsiyachilar ustidan huquq-tartibot organlariga arz qildi. Unga munitsipal deputat Artyomiy Galitsin yordam bermoqda.
































Izohlar 0
…