date

Turkiyalik tadbirkorni o‘z yurtdoshlari o‘ldirgani fosh bo‘ldi

Turkiyalik tadbirkorni o‘z yurtdoshlari o‘ldirgani fosh bo‘ldi

O‘zbekistonning Buxoro viloyati, xususan, Qorovulbozor tumani hududida turkiyalik tadbirkorning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda Qalampir nashri.

Ma’lum qilinishicha, xorijlik ishbilarmon dasht hududida o‘ldirilib, jasadi o‘sha yerning o‘zida ustiga tuproq tortib yashirilgan. Eng muhimi, qotillikni sodir etganlar begona emas — marhumning o‘z vatandoshlari ekani aniqlangan.

Turkiya fuqarosi bo‘lgan tadbirkorning jonsiz tanasi 2025 yil 17 oktyabr kuni mahalliy chorvador tomonidan topilgan. Marhum Turkiyada bedarak yo‘qolgani haqida qidiruvda bo‘lgan 49 yoshli Qodir Tunch ekani ma’lum qilindi.

Dastlabki tergov harakatlarida jasadning katta qismi chirigani va marhum pichoq zarbalari oqibatida halok bo‘lgani aniqlangan. Surishtiruvlar jarayonida hodisa joyidan o‘tgan avtomobilning davlat raqami belgilanib, ushbu mashina Istanbul shahrida yashovchi 51 yoshli Suat T. tomonidan ijaraga olingani ma’lum bo‘lgan.

Avtomobil ko‘zdan kechirilganda undan qon izlari topilgan va olingan namunalar marhumga tegishli ekani tasdiqlangan.

Shu asosda ikki mamlakat huquq-tartibot organlarining hamkorlikdagi amaliyoti doirasida Suat T. hamda yana uch nafar gumonlanuvchi Istanbul shahrida qo‘lga olingan. Barcha gumonlanuvchilar so‘roq jarayonida qotillikni sodir etganini tan olgan.

Tergovda ma’lum bo‘lishicha, Qodir Tunch va Suat T. O‘zbekistonda restoran ochish rejasi bilan uchrashgan. Ular o‘rtasidagi kelishmovchilik esa moliyaviy masala sabab kelib chiqqan. Suat T.ning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u shartnoma uchun Qodir Tunchga 20 ming AQSH dollari bergan, biroq loyiha amalga oshmaganidan so‘ng pulni qaytarishni talab qilgan.

Mazkur bahs avtomobil ichida janjalga aylanib ketgan. Mushtlashuv vaqtida Qodir Tunch og‘ir tan jarohati olgan va biroz vaqt o‘tgach vafot etgan.

Gumonlanuvchilar jasadni katta yo‘ldan biroz ichkariga olib kirib, chuqur qazishga ulgurmagan holda ustiga tuproq tortib tashlab ketishgan. Shundan so‘ng ular Turkiyaga qaytib ketgan.

Qotillikdan keyin ijaraga olingan avtomobilni topshirish uchun Suat T. o‘z tanishlaridan birini O‘zbekistonga yuborgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u shaxs jinoyat haqida xabardor bo‘lmagan.

Hozirda mazkur ish bo‘yicha to‘rt nafar gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi sudga oshirilgan. Tergov harakatlari yakuniga yetkazilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyalik tadbirkorni o‘z yurtdoshlari o‘ldirgani fosh bo‘ldi