date

Angrenda daydi itlar 8 yoshli bolani talab tashladi

Angrenda daydi itlar 8 yoshli bolani talab tashladi

Toshkent viloyatining Angren shahrida mudhish voqea yuz berdi. Sakkiz yoshli bola ko'chada daydi itlar hujumiga uchrab, olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Ma'lum bo'lishicha, marhum onasi bilan birga shahardagi mahallalardan birida ijarada yashab kelgan. Fojia bola maktabdan uyiga qaytayotgan vaqtda sodir bo'lgan.

Mahalla aholisining ta'kidlashicha, hududda daydi itlar muammosi uzoq vaqtdan buyon saqlanib qolmoqda. Hayvonlar tez-tez kattalar va bolalarga tashlanib, xavf tug'dirib kelgan. Bolaning onasi farzandi vaqtida qaytmagach, uni qidirishga chiqqan va ko'chada jarohatlangan holatda topgan. Afsuski, shifokorlar yetib kelguniga qadar bola jon taslim qilgan.

Angren shahri "Istiqlol" mahalla fuqarolar yig'ini raisi holat yuzasidan munosabat bildirib, oila hududda vaqtinchalik ijarada yashaganini tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, voqea shahar hokimligi va mas'ul tashkilotlar nazoratiga olingan. Kelgusida bunday ayanchli holatlarning oldini olish bo'yicha zarur choralar ko'rilmoqda.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati vakillari mazkur hodisa yuzasidan yaqin vaqt ichida rasmiy bayonot berilishini ma'lum qildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda daydi itlar 8 yoshli bolani talab tashladi