date

Beruniyda qariyb 100 mln. so‘mlik jinoiy jarima undirildi

Beruniyda qariyb 100 mln. so‘mlik jinoiy jarima undirildi

Fuqaro A.S. quruvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, qurilish obyektiga ketgan qurilish mollarining sonini sun’iy ravishda oshirib, ajratilgan pullarni talon-toroj qilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Shumanay tuman sudining 16.07.2025 yildagi hukmi bilan BHMning uch yuz bir baravari, ya’ni 99 330 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Ushbu hukmga asosan chiqarilgan ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, qarzdorning xorijga chiqish huquqiga nisbatan cheklov o‘rnatilib, undiruv uning ish haqiga qaratilgan.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi qarzdordan 99,3 mln. so‘m jarimani undirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Beruniyda qariyb 100 mln. so‘mlik jinoiy jarima undirildi