date

Samarqandda yarim milliardlik soxta alkogol fosh etildi

Samarqandda yarim milliardlik soxta alkogol fosh etildi

Samarqand viloyatida yirik miqdordagi qalbaki alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishiga chek qo‘yildi. Ma’lum qilinishicha, umumiy qiymati 440 million so‘m bo‘lgan soxta spirtli ichimliklar aniqlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.F.ga tegishli omborxona ko‘zdan kechirilgan. Shu jarayonda sotish maqsadida saqlab kelingan katta hajmdagi mahsulotlar fosh bo‘lgan.

Tekshiruvda umumiy bahosi 440 million so‘mlik, 86 turdagi jami 16 960 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari borligi aniqlangan. Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yarim milliardlik soxta alkogol fosh etildi