Tirik kitob deb atalgan sotuvchi uchun yangi sharoit yaratiladi

1 daqiqa o'qish304
Tirik kitob deb atalgan sotuvchi uchun yangi sharoit yaratiladi

Toshkent shahrida kitob savdosi bilan shug'ullanuvchi Xayrulla Asadovga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amaliy yordam ko'rsatiladigan bo'ldi. Avvalroq, ko'chada kitob sotib yurgan bu inson 20 ming so'mlik chek bermagani uchun 2 million so'm miqdorida jarimaga tortilgan va mollari musodara qilingan edi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lgach, mutasaddilar vaziyatga ijobiy yechim topishga qaror qildi.

Endilikda Xayrulla Asadovga zamonaviy ko'rinishdagi bukinistik kiosk ajratiladi. Shuningdek, uning faoliyatini qonuniy va qulay tarzda davom ettirishi uchun 2000 dan ortiq kitoblar jamlanmasi taqdim etiladi. Ushbu tashabbus mamlakatimizda kitobxonlikni targ'ib qilish hamda kitob ko'chalarini tashkil etish bo'yicha olib borilayotgan davlat siyosati doirasida amalga oshirilmoqda. Bu kabi qo'llab-quvvatlash tadbirlari nafaqat kitobfurushning faoliyatini tiklashga, balki yoshlarning mutolaaga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?