Sariosiyoda marixuana olib o'tishga urinish fosh etildi

1 daqiqa o'qish241
Sariosiyoda marixuana olib o'tishga urinish fosh etildi

O'zbekiston bojxona xodimlari tomonidan mamlakat hududiga noqonuniy ravishda giyohvandlik vositalarini olib kirishga qarshi qat'iy kurash davom ettirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida navbatdagi qonunbuzarlik holatiga chek qo'yildi.

Viloyat bojxona boshqarmasiga qarashli "Sariosiyo" temir yo'l chegara bojxona postida qo'shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi belgilangan tartibda nazoratdan o'tkazildi. Tekshiruv jarayonida bojxonachilarga maxsus o'rgatilgan xizmat iti yaqindan yordam berdi.

Xizmat iti yordamida poyezd tarkibidagi vagonlardan birining tag qismi ko'zdan kechirilganda, bojxona nazoratidan xufyona tarzda yashirilgan shubhali buyum borligi ma'lum bo'ldi. Rangsiz polietilen idishga joylangan ushbu modda marixuana ekanligi tasdiqlandi.

Topilgan giyohvandlik vositasi maxsus tarozida o'lchab ko'rilganda, uning og'irligi idishi bilan birgalikda 113,9 grammni tashkil etdi. Qonunbuzarlar ushbu usul orqali taqiqlangan moddani mamlakat ichkarisiga olib kirishga uringan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Aybdor shaxslarni aniqlash va qonuniy chora ko'rish bo'yicha tegishli ishlar davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?