Qirg'izistonga oltin olib o'tmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

1 daqiqa o'qish221
Qirg'izistonga oltin olib o'tmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

Farg'ona viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda mamlakatimizdan noqonuniy ravishda qimmatbaho metallarni olib chiqib ketishga urinish holati fosh etildi.

Ma'lum qilinishicha, Farg'ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1996 yilda tug'ilgan fuqaro o'ziga tegishli bo'lgan "Damas" avtomobilida Qirg'iziston Respublikasiga o'tish uchun "Vodil-avto" chegara bojxona postiga kelgan. Ushbu transport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko'rigidan o'tkazilganda, avtomashina kuzoviga xufyona tarzda yashirilgan buyumlar borligi ma'lum bo'ldi.

Tekshiruv davomida mashina ichidan 4 dona nostandart shakldagi oltin quymalari topildi va ular ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Mutaxassislar tomonidan o'tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko'ra, ushbu oltin quymalarining sof og'irligi 1 kilogrammu 232 grammni tashkil etgan. Ularning umumiy qiymati esa 2 milliard 182 million 466 ming so'mga baholanmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?