10:43 / 01.04.2017
7 529

Prezident topshirig‘iga ko‘ra milisiya xodimi 3 xonali uyga ega bo‘ldi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra milisiya xodimi 3 xonali uyga ega bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlikning oldini olish guruhi milisiya tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant Azizbek Omirbaev Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra 3 xonali xizmat uyiga ega bo‘ldi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning barcha sohalar xodimlariga, ayniqsa profilaktika inspektorlariga munosib turmush sharoitlarini yaratishga, ayniqsa ularni uy-joy bilan ta’minlashga qaratayotgan e’tibori o‘z samarasini bermoqda.

“Oilada 6 farzand tarbiyalanganmiz va bitta turar-joyga ehtiyojimiz bor edi. O‘zim 1991 yilda tug‘ilganim va yurtimiz mustaqilligi bilan tengdosh bo‘lganim sababli shunday qudratli yurt farzandi ekanimdan g‘ururlanaman”, deydi Azizbek Omirbaev.

Xabarga ko‘ra, leytenant Prezidentning profilaktika inspektorlariga qaratayotgan alohida e’tibori tufayli o‘ziga biriktirilgan ma’muriy hududdan 3 xonali xizmat uyini olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident topshirig‘iga ko‘ra milisiya xodimi 3 xonali uyga ega bo‘ldi