Qidiruvdagi ota topilib, unga sud hukmi bilan jazo tayinlandi

1 daqiqa o'qish165
Qidiruvdagi ota topilib, unga sud hukmi bilan jazo tayinlandi

Aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan shaxslarning ish hujjatlari sudlarga o‘tkazilib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Majburiy ijro byurosining Bog‘ot tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan qarzdor R.B. fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 06.02.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi T.Sh. foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment pulini to‘lab borishi belgilangan bo‘lsa-da, u belgilangan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan.

Natijada, 06.03.2020 yildan 01.04.2026 yilga qadar alimentdan 116.303,4 ming so‘m qarzdorligi yig‘ilib qolgan.

Qarzdor R.B.dan aliment pullarini undirishning imkoni bo‘lmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochisi K.Djumaniyazov tomonidan unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumani sudiga yuborilgan.

Sudning 02.04.2026 yildagi qarori bilan qarzdor R.B.ga 15 (o‘n besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi qo‘llanilib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?