Spark avtomashinasining 54 ta jarimasi: 22 million so‘m to‘lov undirildi

1 daqiqa o'qish175
Spark avtomashinasining 54 ta jarimasi: 22 million so‘m to‘lov undirildi

Farg‘ona viloyati Majburiy ijro byurosi tomonidan maʼmuriy jarimalarni undirish bo‘yicha olib borilgan navbatdagi tadbirlar o‘z samarasini berdi. Tekshiruvlar davomida bir fuqaroga tegishli bo‘lgan, jami 22 million so‘m qarz va 54 ta maʼmuriy jarima mavjudligi aniqlandi.

Qarzdorga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomashina qidiruv tadbirlari natijasida topilib, belgilangan tartibda xatlandi hamda jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Qizig‘i shundaki, avtomashina egasi o‘z mulkiga befarq emasligi namoyon bo‘ldi. U transport vositasini jarima maydonchasida uzoq qoldirishni istamadi. Shu kunning o‘zidayoq Majburiy ijro byurosiga kelib, barcha qarz va jarimalarni to‘liq qopladi.

Natijada, endi u hech qanday qarzdorliksiz, ko‘ngli xotirjam holda o‘z avtomashinasidan bemalol foydalanishi mumkin.

Xulosa o‘rnida: Qarzni o‘z vaqtida to‘lash — ortiqcha muammolarning oldini oladi. Aks holda esa, majburiy choralar qo‘llanilishi muqarrar.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?