4 yoshli bola tog‘da yo‘qol qoldi: qutqaruv otryadlari tirik holda topishdi

1 daqiqa o'qish479
4 yoshli bola tog‘da yo‘qol qoldi: qutqaruv otryadlari tirik holda topishdi

Foto: FVV

Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida yuz bergan qaltis holat jamoatchilikni bezovta qildi — 4 yoshli bola bir muddat yo‘qolib qolib, keyinchalik tirik holda topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qildi.

Hodisa 13 aprel kuni Ohangaron tumanida sodir bo‘lgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, olti nafar aʼzodan iborat oila dam olish maqsadida tog‘li hududga yo‘l olgan. Ular sayr davomida tabiatni, xususan, qorli manzarani ko‘rish uchun balandroq nuqtaga ko‘tarilishgan. Qaytish jarayonida esa kutilmagan vaziyat yuzaga kelib, 4 yoshli bola oiladan ajralib qolgan.

Oradan taxminan 40 daqiqa o‘tgach, bola yo‘qolgani aniqlangan va zudlik bilan qutqaruv xizmatlariga xabar berilgan.

Shundan so‘ng Toshkent viloyati qidiruv-qutqaruv bo‘linmalari hamda “Qamchiq” maxsus qutqaruv otryadlari ishtirokida keng ko‘lamli qidiruv ishlari boshlangan. Mutaxassislar taʼkidlashicha, murakkab tog‘ relefi va tundagi qiyin sharoitlar qidiruv jarayonini ancha qiyinlashtirgan.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi 6,5 soatdan ortiq davom etgan.

Natijada 14 aprel kuni soat 00:20 da bola Olmaliq maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi xodimlari tomonidan tirik holda topilgan.

Shu tariqa, og‘ir kechgan tunli qidiruv insonlar uchun yengil nafas olish bilan yakunlandi — eng muhimi, bola sog‘-omon oilasi bag‘riga qaytarildi.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari va murakkab sharoitdagi sabr-toqati yana bir bor o‘z samarasini ko‘rsatdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?