Andijonda bank amaldori katta miqdordagi pora olayotgan paytda qoʻlga olindi

1 daqiqa o'qish1.5K
Andijonda bank amaldori katta miqdordagi pora olayotgan paytda qoʻlga olindi

Andijon viloyatida bank tizimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs pora olayotgan paytda qoʻlga olindi.

Maʼlum qilinishicha, u viloyatdagi banklardan birining bosh boshqarmasida rahbar oʻrinbosari sifatida ishlagan. Mazkur shaxs kredit taʼminoti uchun garovga qoʻyilgan mulklarni sotuvga chiqarish vakolatiga ega boʻlgan.

U oʻz lavozimidan foydalanib, garovga qoʻyilgan mulkni past narxda rasmiylashtirib berish evaziga manfaat olishni rejalashtirgan. Xususan, Asaka tumanida joylashgan va qiymati 16,8 milliard soʻm boʻlgan tibbiyot markazi binosidan foydalanilgan.

Mazkur obekt avval auksiondan oʻtmay qolganidan soʻng, uning narxi sunʼiy ravishda tushirilib, tadbirkorga imtiyozli shartlarda berish taklif qilingan. Buning evaziga esa 90 ming AQSH dollari talab qilingan.

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mansabdor 40 ming dollarni olayotgan vaqtda ushlanib, dalillar bilan fosh etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan boʻlib, tergov ishlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?