Peshlavhalar uchun ortiqcha talablar bekor qilinishi mumkin

2 daqiqa o'qish105
Peshlavhalar uchun ortiqcha talablar bekor qilinishi mumkin
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab tashqi reklama va peshlavhalarni joylashtirish tartiblarini qayta ko‘rib chiqish boshlandi.
  • Raqobat qo‘mitasi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan «Tashqi yozuvlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi nizom loyihasida qator masalalarga aniqlik kiritish rejalashtirilmoqda.
  • Yangi tartibga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi faoliyat turini bildiruvchi yozuvlar reklama sifatida baholanmaydi.

O‘zbekistonda tashqi reklama va peshlavhalarni joylashtirish bilan bog‘liq tartiblar tadbirkorlar manfaati yo‘lida qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita tashqi axborot vositalari va peshlavhalarga oid munosabatlarni tartibga soluvchi «Tashqi yozuvlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi nizom loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etgan.

Yangi hujjat orqali amaliyotda turli bahs va tushunmovchiliklarga sabab bo‘layotgan qator masalalarga aniqlik kiritish rejalashtirilmoqda. Ayniqsa, qonunchilikda mavjud bo‘lgan bo‘shliqlar va noaniq tushunchalarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, «tashqi axborot vositasi», «tashqi yozuv», «axborot ko‘rsatkichi», «peshlavha», «e’lon» va «ma’lumotlar taxtasi» kabi atamalarga rasmiy va aniq ta’rif berilmoqda.

Loyihada qayd etilishicha, tashqi axborot vositalari tashqi muhitga qaratilgan, ammo reklama yoki tijorat maqsadini ko‘zlamagan axborot shakli hisoblanadi. Shu sababli bunday vositalarga reklama xususiyatiga ega tasvir yoki axborot joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar uchun eng muhim yangiliklardan biri peshlavhalar bilan bog‘liq. Yangi tartibga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida joylashtirilgan faoliyat turini bildiruvchi yozuvlar reklama sifatida baholanmaydi.

Masalan, «dorixona», «sartaroshxona», «supermarket», «milliy taomlar», «shifoxona», «qurilish mollari» yoki «AYOQSH» kabi yozuvlar oddiy axborot peshlavhasi sifatida qabul qilinadi.

Bu esa tadbirkorlar uchun katta yengillik bo‘lishi mumkin. Chunki bunday peshlavhalar uchun reklama pasportini rasmiylashtirish, qo‘shimcha ruxsatnoma olish yoki ortiqcha to‘lovlarni amalga oshirish talab etilmaydi.

Ya’ni tadbirkor o‘zi faoliyat yuritayotgan bino tashqi qismida o‘z nomi, ixtisosligi yoki mahsuloti haqida ma’lumot joylashtirsa, bu reklama hisoblanmaydi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur o‘zgarishlar ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oxirgi vaqtlarda ayrim hududlarda peshlavhalarni ommaviy buzish holatlari tadbirkorlar noroziligiga sabab bo‘layotgan edi.

Xususan, Toshkent shahrida peshlavhalarni reklama sifatida baholash va ular uchun pasport talab qilinishi ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgandi. 5 may kuni Prezident ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ham ushbu muammo ko‘tarilib, amaldagi ortiqcha tartiblarni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Raqobat qo‘mitasi hujjat muhokamasi 25 apreldan boshlanganini va 10 mayga qadar davom etishini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari loyiha yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirishga chaqirildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?