Qashqadaryo viloyatidagi oliygohlardan birida tahsil olayotgan qo‘shni davlat fuqarosi X.Gulboyev o‘ziga tegishli xalqaro to‘lov kartasidan o‘qish xarajatlari uchun 2200 AQSh dollarini vakolatli banklardan biri orqali naqdlashtiradi.
Shundan so‘ng naqdlashtirilgan valyutani belgilangan maqsadlarga sarflash o‘rniga, noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqish choralarini izlaydi, deya xabar berdi Qalampir.uz.
Shu tariqa ushbu shaxs oyoq kiyimlarining ichki qismiga 2200 AQSh dollarini xufyona tarzda joylashtirib, qo‘shni davlatga o‘tmoqchi bo‘lgan paytda bojxonachilar tomonidan fosh etildi.
Qo‘shni davlat fuqarosi S.Djumamuradova ham xuddi shu usulni qo‘llashga urindi. U o‘ziga tegishli xalqaro to‘lov kartasidan 500 AQSh dollarini vakolatli bankdan naqdlashtirib, etigiga yashirgancha olib chiqayotgan paytda to‘xtatib qolindi.
Yakunda mazkur qonunbuzarlik holatlari yuzasidan jinoyat ishlar bo‘yicha Nishon tumani sudining tegishli qarorlariga asosan X.Gulboyev hamda S.Djumamuradovaga nisbatan jazo choralari qo‘llanilib, ashyoviy dalil sifatida olingan 2700 AQSh dollari davlat egaligiga o‘tkazildi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi