To‘yxonada ham futbol: mehmonlar ekranga mixlandi

Toshkentdagi to‘yxonalardan birida ertalabki oshga yig‘ilgan mehmonlar kutilmaganda suhbatni bir chetga surib qo‘ydi. Sabab esa bitta — O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvi!
Katta ekranga tikilgan yuzlar, jimib qolgan davralar va yurak urishlari bir maromda — barchaning qalbi maydonda, terma jamoamiz bilan birga edi. Kimdir qoshiqni qo‘lida ushlab qolgan, yana kimdir gapini tugatishni ham unutgan — futbol o‘sha onlarda hammani birlashtirdi.
Bugun kim qayerda bo‘lishidan qat’i nazar — uyda, ishda yoki to‘yda — e’tibor faqat bitta joyda jam bo‘ldi: O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinida.
Ana shunday lahzalar futbol oddiy o‘yin emas, balki millionlab insonlarni birlashtira oladigan ulkan kuch ekanini yana bir bor isbotlaydi.






























Izohlar 0
…