Gentra kapotini akvariumga aylantirgan tyuning tarmoqlarda barchaning qiziqishini uyg‘otdi

Gentra kapotini akvariumga aylantirgan tyuning tarmoqlarda barchaning qiziqishini uyg‘otdi

O‘zbekistonda Gentra avtomobiliga qilingan noodatiy tyuning ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida qiziqish uyg‘otdi.

Avtomobil egasi kapot ustiga zirhlangan plyonka bilan qoplangan maxsus konstruksiya o‘rnatgan. Uning ichiga suv to‘ldirilib, tirik baliqlar joylashtirilgan.

Videoda kapot ustidagi shaffof qism orqali baliqlar harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Bu yechim qisqa vaqt ichida keng tarqalib, avtomobil ishqibozlari orasida turli fikrlarga sabab bo‘ldi.

Ayrimlar ushbu tyuningni o‘ziga xos g‘oya sifatida baholagan. Boshqalar esa suv to‘ldirilgan konstruksiyaning og‘irligi, harakat vaqtidagi xavfsizligi va baliqlar uchun sharoit qanchalik mos ekanini muhokama qilmoqda.

Noodatiy ko‘rinishga ega Gentra haqidagi video hozirda avtomobil mavzusidagi sahifalarda eng ko‘p tarqalayotgan lavhalardan biriga aylangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar