Buxoroda hindistonlik talaba kursdoshini noutbukda urib o‘ldirilganlikda ayblanmoqda

Buxoroda hindistonlik ikki talaba o‘rtasida chiqqan janjal oqibatida 22 yoshli qiz halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro davlat tibbiyot universitetida o‘qiydigan Savariyaga uning 23 yoshli kursdoshi Sadarul Anam noutbuk bilan bosh qismiga zarba bergan.
Gumonlanuvchi o‘sha kunning o‘zida ushlangan. Bosh prokuratura matbuot xizmati vakili Hayot Shamsuddinov holat bo‘yicha tergov ishlari davom etayotganini bildirgan.
Hindiston ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Savariyaning oilasiga voqea to‘rt kun oldin yuz bergani aytilgan.
Marhumaning jasadi Dehliga olib kelingan. Uni kechgacha Haripadga yetkazish rejalashtirilgan.
Qizning Quvaytda ishlaydigan otasi xabarni olgach, O‘zbekistonga kelishga harakat qilgan. Ammo viza masalasi tufayli safarni amalga oshira olmagan.
Oila a’zolaridan marhumaning amakisi jasadni Dehliga olib borgan.































Izohlar 0
…