Andijonda harakatlanayotgan Spark yonib ketdi

Bugun, 8 oktyabr kuni Andijon shahrida harakatlanayotgan Spark avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 18:07 larda shaharning 2-kichik dahasidagi “Sog‘lom avlod” mahallasi hududida, aylanma harakat oldida yuz bergan.
Qayd etilishicha, 2004 yilda tug‘ilgan A.F.ga tegishli avtomobilning elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Buning oqibatida mashinada yong‘in chiqqan.
Yong‘in Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa natijasida avtomobilning ichki va tashqi qismlariga moddiy zarar yetgan, biroq tan jarohati olganlar qayd etilmagan.
Hozirda hodisa yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…