Soliq nazorati natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida soliq qonunchiligini buzgan 3925 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb yozadi 1news.uz.
Shu jumladan:
– binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 90 nafar;
– uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 347 nafar;
– daromadlar to‘g‘risida deklarasiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 533 nafar;
– noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 136 nafar;
– avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan lisenziyasiz shug‘ullangan 505 nafar fuqarolar;
– savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 935 nafar;
– soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 779 nafar;
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan 196 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy jazoga tortilgan.
Ayni paytda soliqqa oid huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etib, uning oqibatlarini aniqlangan paytdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat ichida bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 1621 ta tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»