Qamchiqdagi YTHdan so‘ng Lacetti to‘liq yonib ketdi

Qamchiqdagi YTHdan so‘ng Lacetti to‘liq yonib ketdi

Bugun, 11 iyul kuni «Qamchiq» dovonida yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti rusumli yengil avtomobil yonib ketdi. Hodisa yuzasidan «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 17:50 atrofida A-373 avtomobil yo‘lining «Toshkent–Vodiy» yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomobilida yong‘in yuzaga kelgani haqida qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar ortidan maxsus qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi transport vositasi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa borib urilgan. To‘qnashuv natijasida avtomobilning elektr tizimida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan.

Bildirilishicha, hodisa vaqtida avtomobilda faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan. U yong‘in avj olmasidan oldin transport vositasini tark etib, xavfsiz hududga chiqqan.

Ayni paytda yong‘inning aniq sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar