5 000 AQSH dollari — farzandlar ta’minoti uchun

5 000 AQSH dollari — farzandlar ta’minoti uchun

“Farzandlarimning kelajagi hamma narsadan muhim…”

Samarqand shahrida davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari qarzdorning mas’uliyatli qaror qabul qilishiga turtki bo‘ldi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan tegishli ijro harakatlari amalga oshirildi.

Sud qaroriga asosan qarzdor ota zimmasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga qonunchilik talablari, aliment to‘lovining farzandlar kelajagidagi o‘rni hamda uni o‘z vaqtida bajarishning ahamiyati atroflicha tushuntirildi.

Olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng qarzdor farzandlarining munosib kelajagini o‘ylab, aliment majburiyatini ixtiyoriy ravishda oldindan bajarishga qaror qildi va 5 000 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni aliment to‘lovi sifatida to‘lab berdi.

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan aliment to‘lovlarining o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash, bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sud hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar