Nukusda firibgardan jinoiy jarima undirildi

Nukusda firibgardan jinoiy jarima undirildi

Fuqaro A.B. o‘zining boshqaruvidagi jamiyatda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanib, fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, unga yangi qurilayotgan uydan kvartira berishini va’da qilib, undan 112 605,0 ming so‘m pullarni firibgarlik bilan olgan va ushbu pullarni o‘z maqsadlari uchun foydalangan.

Shu sababli, u Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus tuman sudining 01.12.2025-yildagi hukmi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 60 819,0 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Ushbu hukmga asosan chiqarilgan ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqish huquqiga nisbatan cheklov o‘rnatilib, undiruv uning ish haqiga qaratilgan.

Shuning natijasida, qarzdorga solingan 60,8 mln. so‘m jarima to‘liq undirib olindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar