O‘zbek suvoqchisining kuylagan qo‘shig‘i tarmoqlarda 50 millionlab tomoshabinni jalb qildi (video)

O'zbekistonlik suvoqchining ish paytida ijro etgan qo'shig'i ijtimoiy tarmoqlarda 50 million marta tomosha qilindi. Usta navbatdagi suvoq jarayonida Eykonning "Lonely" qo'shig'ini kuylagan va uning do'sti bu jarayonni telefonga tasvirga olgan. Tarmoq foydalanuvchilari rolikni iliq kutib olib, sharhlarda uning ovozi va inglizcha talaffuzini yuqori baholagan. Ish kiyimida devor suvayotgan bu usta mazkur video tufayli internet yulduziga aylandi.
O‘zbekistonlik suvoqchi kutilmaganda internet foydalanuvchilari orasida tanildi. U kundalik ishi davomida qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘radi. Navbatdagi suvoq jarayonida u Eykonning "Lonely" qo‘shig‘ini ijro etgan.
Ustaning do‘sti uning kuylayotganini telefonga tasvirga olib, videoni internetda tarqatgan. Rolik foydalanuvchilarga manzur bo‘lib, hozirga qadar 50 million marta tomosha qilindi.
Video ostidagi sharhlarda ko‘pchilik suvoqchining ovozi va inglizcha talaffuzini maqtamoqda. Ish kiyimida, devor suvayotgan paytida qo‘shiq aytgan usta shu video orqali tarmoq yulduziga aylandi.































Izohlar 0
…