23:57 / 20.05.2017
7 151

O‘zbekistonlik bokschi va qo‘shiqchilar Nyu-Yorkni bir kunda zabt etishga harakatni boshlashdi

O‘zbekistonlik bokschi va qo‘shiqchilar Nyu-Yorkni bir kunda zabt etishga harakatni boshlashdi
Bugun, 20 may kuni O‘zbekiston halq artisti Gulsanam Mamazoitova va xonanda Botir Qodirov AQShning Nyu-York shahrida konsert berishi haqida xabar bergan edik.

Bundan tashqari, 20 may kuni Rio Olimpiadasi sovrindori Fazliddin G‘oyibnazarov professional boksdagi ikkinchi jangini ham aynan shu shahardagi mashhur “Medison Skver Garden” arenasida o‘tkazadi.

Ya’ni, bir kunda O‘zbekistonning uch vakili AQShdagi chiqishlari bilan muxlislari ko‘ngillarini hushnud etishga bel bog‘lashgan. Toshkentdan AQShga etib borgan san’atkorlar konsertning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Kecha 19 may kuni esa Fazliddin G‘oyibnazarovning jangi oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekistonning xalqaro maydonda sport va san’at sohasida nufuzi tobora yuksalib bormoqda. Bunga misol tariqasida, o‘zbekistonlik san’atkor va sportchilarning jahon sahnalaridagi omadli chiqishlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Esingizda bo‘lsa, o‘tgan yili Botir Qodirov Xitoyda o‘tkazilgan Xalqaro musiqa festivalida oliy o‘rinni egallab, dunyo sahnalarida o‘zbek san’atining boy tarixga va buyuk kelajakka ega ekanini namoyon qilib qaytgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, tomoshabinlar tomonidan konsert va boks jangiga qiziqish judayam katta.

“Zamin.uz” sayti jamoasi Botir Qodirov, Gulsanam Mamazoitova va Fazliddin G‘oyibnazarovga yuklatilgan vazifalarini a’lo darajada bajarishlariga tilakdosh bo‘lib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik bokschi va qo‘shiqchilar Nyu-Yorkni bir kunda zabt etishga harakatni boshlashdi