Toshkentda ayol mushukni shavqatsizlarcha zina tutqichiga urgani aks etgan video bahslarga sabab bo‘lmoqda (video)

Toshkentda ayolning mushukka shafqatsiz munosabatda bo‘lgani aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda u jonivorni zina tutqichi va devorlarga bir necha bor urganini ko‘rish mumkin.
Bu holat tarmoq foydalanuvchilari orasida keskin norozilik uyg‘otdi. Ko‘pchilik jonivorga nisbatan bunday xatti-harakatga huquqiy baho berilishi kerakligini bildirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, mushuk keyinchalik qutqarib olingan va xavfsiz joyga olib ketilgan. Uning salomatligi va qanday jarohat olgani haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan.
Hodisa yuzasidan mas’ul idoralar tekshiruv boshlagani yoki ayolga nisbatan chora ko‘rilgani haqida rasmiy axborot yo‘q.































Izohlar 0
…