Mustaqillik bayrami arafasida 852 nafar shaxs afv etildi

Mustaqillik bayrami arafasida 852 nafar shaxs afv etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan hamda tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

«O‘zbekiston 24» telekanali xabar berishicha, farmon asosida jami 852 nafar shaxs afv etilgan.

Ularning 604 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi. Yana 115 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi.

Bundan tashqari, 52 nafar shaxsga tayinlangan jazo yengilroq jazoga almashtiriladi, 81 nafar mahkumning esa ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati qisqartiriladi.

Afv etilganlar orasida 7 nafar chet el fuqarosi, shuningdek, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 63 nafar shaxs ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, afv etilganlarning 375 nafari yoshlar, 49 nafari ayollar, 37 nafari esa 60 yoshdan oshgan erkaklar hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar