O‘zbekiston eshkak eshishda ilk bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston eshkak eshishda ilk bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Kecha, 27 avgust kuni Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining yengil vaznli erkaklar o‘rtasidagi juftliklar bahsida (LM2x) O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaroliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar hal qiluvchi final bahsida 6:21,93 natija qayd etib, barcha raqiblaridan ustun keldi va birinchi o‘rinni egalladi. Kumush medal Germaniya terma jamoasi vakillariga, bronza medal esa AQSH sportchilariga nasib etdi.

Mazkur g‘alaba O‘zbekiston akademik eshkak eshish sporti tarixida alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki bu mamlakat vakillarining kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida qo‘lga kiritgan ilk oltin medali sifatida tarixga kirdi.

Shu tariqa Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaroliyev nafaqat chempionlikni qo‘lga kiritdi, balki O‘zbekistonning akademik eshkak eshishdagi eng yuqori natijasini ham yangiladi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati 24–30 avgust kunlari Amsterdamdagi Bosbaan kanalida o‘tkazilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar