Musulmon Yunusov qiziga kutilmagan sovg‘a tayyorladi (video)

Musulmon Yunusov qiziga kutilmagan sovg‘a tayyorladi (video)

Aktyor Musulmon Yunusov qizi Mohlaroyimning 11 yoshga to‘lganini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Aktyor qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga kutilmagan syurpriz tayyorlagan. U qo‘lida qizil sharlar va gullar bilan uyga kirib kelgan.

Eshikni Mohlaroyimning o‘zi ochgan va otasining sovg‘alar bilan kelganini ko‘rib, xursand bo‘lgan. Qizaloq sovg‘alarni qabul qilib, otasiga minnatdorchilik bildirib, uni mahkam quchoqlagan.

Shundan so‘ng Musulmon Yunusov qizining ko‘zini yumdirib, yana bir sovg‘a tayyorlagan. U telefonni rafiqasiga sekin uzatib, qiziga hazillashgan. Mohlaroyim ko‘zini ochganida esa onasi unga yangi telefonni tabriklab topshirgan. Qizaloqning kutilmagan sovg‘adan quvongani yuz-ko‘zidan yaqqol sezilgan.

Mohlaroyim keyinchalik oila a’zolarining barchasini navbatma-navbat quchoqlab, o‘pib, o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Aktyor videoga «Mohlaroyim 11 yoshga kirdi», deb izoh qoldirgan. Ushbu samimiy lahzalar aks etgan video kuzatuvchilarda ham iliq taassurot qoldirib, izohlarda Mohlaroyimga ko‘plab tabrik va ezgu tilaklar bildirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar