AQShning Chikago universiteti olimlarining xulosalariga ko‘ra, yolg‘izlik insonda egosentrizm* hissini kuchaytiradi. Bu tadqiqot natijasi EurekAlert! ilmiy yangiliklar portalida qisqacha e’lon qilindi. Maqolaning to‘liq matni Personality and Social Psychology Bulletin jurnalida e’lon qilingan.
Yolg‘izlik va egosentrizm o‘rtasidagi aloqalarni o‘rgangan ekspertlar 11 yil mobaynida 50-68 yoshdagi 229 ishtirokchini kuzatishgan.
Chikago universiteti ruhshunoslariga ko‘ra, bu holatning aks holati ham mavjud. Chunki, egosentrizm, o‘z navbatida, insoniy yolg‘izlikka sabab bo‘ladi.
"Yolg‘izlik xudbinlikka sabab bo‘lishini kutish mumkin edi, ammo aks ta’sir bo‘lishi biz uchun haqiqiy kutilmagan yangilik bo‘ldi", — deya qayd etgan tadqiqot mualliflaridan bor.
*Egosentrizm (qad.grekcha. Εγώ — «men» va lotincha centrum — «doira markazi») — shaxsning o‘z fikridan boshqa g‘oya, qarashni e’tiborga molik deb baholash qobiliyatiga ega bo‘lmasligi yoki xohlamasligi. O‘z nuqtai nazarini yagona mavjud fikr deb bilishi, xudbinlik.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi