Toshkentda tungi kafeda kuchli yong‘in chiqdi: baland alanga shaharni larzaga soldi

Toshkentda tungi kafeda kuchli yong‘in chiqdi: baland alanga shaharni larzaga soldi

Toshkentning Chilonzor tumanida tungi vaqtda kafelardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan kafe hududida yuz bergan.

Shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqida xabar 22 sentyabr kuni soat 23:23 da kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, alangani bartaraf etishga kirishgan.

Yong‘in soat 23:54 da qurshab olingan va 23 sentyabr kuni soat 00:10 da to‘liq o‘chirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda baland alanga va quyuq tutun shaharning turli hududlaridan ham ko‘ringani aks etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar