Toshkent markazida bir qizga “sizga ko‘z tekkan” deya uning 500 ming so‘m pulini aldab, firibgarlik qilishdi

Toshkent markazida notanish ayolning bir necha daqiqalik suhbati qizga 500 ming so‘mga tushgani aytilmoqda. Voqea Navoiy teatri yaqinida sodir bo‘lgan. Dastlab oddiy yordam so‘ragan ayol keyinchalik qizni "ko‘z tegishi" borligiga ishontirib, vaziyatdan foydalanib ketgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, farzandi bilan yurgan ayol qizdan avval 50 ming so‘m so‘ragan. Suhbat davomida esa unga go‘yoki "ko‘z tekkanini" aytib, buni "olib tashlash"ni taklif qilgan.
Shundan keyin qizga turli gaplar aytilib, undan yana pul berish so‘ralgan.
Eng xavfli jihati — bunday sxemalarda jabrlanuvchi birdaniga katta miqdorda pul berishga emas, balki bosqichma-bosqich bunga ko‘ndiriladi. Qiz notanish ayolning gaplariga ishonib, ketma-ket pul bergan. Oxir-oqibat uning bergan mablag‘i 500 ming so‘mga yetgan.
Bunday holatlarda firibgarlar ko‘pincha insonning qo‘rquvi, ishonuvchanligi yoki vaziyatni tezda hal qilish istagidan foydalanadi.































Izohlar 0
…