Telegram asoschisi Pavel Durovning ma’lum qilishicha, Rossiya axborot texnologiyalarini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmat tomonidan messenjer to‘sib qo‘yiladigan bo‘lsa, bu RF manfaatlariga zid holatga aylanadi.
"Qiziqki, Rossiyada kun tartibida AQSh tomonidan nazorat qilinuvchi Whatsapp yoki Facebook Messenger’ni to‘sib qo‘yish masalasi yo‘q, biroq Rossiyaga nisbatan betaraf bo‘lgan Telegram’ni bloklash masalasi faol muhokama qilinmoqda", - deya yozdi Durov "VKontakte"dagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram’ni to‘sib qo‘yish rossiyalik amaldorlarning WhatsApp/Viber orqali yozishmalari “Amerika nazorati ostida bo‘lgan Apple iCloud/Google Drive’ga o‘tib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin”.
"Chetdan bu holat davlat manfaatlariga qo‘poruvchilik qilish kabi tuyulmoqda", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Durov.
Avvalroq Rossiya axborot texnologiyalarini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati rahbari Aleksandr Jarov Telegram jamoasi va shaxsan Durovni ma’lumot tarqatuvchi tashkilotlar reestriga kiritish uchun kerakli hujjatlarni taqdim etishga chaqirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda messenjer to‘sib qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi