Internetda ko‘pchilikning qalbini larzaga solgan qizaloq va otasiga uy sovg‘a qilindi

Internetda ko‘pchilikning qalbini larzaga solgan qizaloq va otasiga uy sovg‘a qilindi

Otasi chiqindi yig‘ish xizmatida ishlab, qizini yolg‘iz voyaga yetkazayotgan qizaloqning hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Kichkintoy balerina bo‘lishni orzu qiladi. Endilikda esa u va otasi uchun yangi hayot boshlanmoqda: ularga uy sovg‘a qilindi.

Ma’lum qilinishicha, qizaloqning onasi uni hali 40 kunlik chaqaloqligida tashlab ketgan. Shundan buyon ota farzandini yolg‘iz tarbiyalab, halol mehnati bilan ro‘zg‘orini tebratib kelmoqda. U chiqindi yig‘ish xizmatida ishlashiga qaramay, qizining orzulari ro‘yobga chiqishi uchun harakat qilmoqda.

Qizaloqning balerina bo‘lish istagi va otasining unga bo‘lgan mehr-muhabbati aks etgan voqea internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi. Ko‘pchilik ularning hayotiga befarq qolmay, qo‘llab-quvvatlash istagini bildirdi.

Ushbu voqeadan so‘ng ota va qizga yangi uy berilgani ma’lum qilindi. Endilikda ular o‘z boshpanasiga ega bo‘lib, hayotini yangi sharoitda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar