
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, Krasnoyarsk o‘lkasidagi noturar binoda yuz bergan yong‘inda 5 kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
«Tezkor ma’lumotlarga binoan, yong‘in 5 kishining yostig‘ini quritgan. Ulardan 4 nafari bolalardir. Hozircha, bu tergov idoralari tomonidan tasdiqlangani yo‘q», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha,yana bir bola is gazidan zaharlanish tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan.
Ayni vaqtda tergov-tezkor guruhi yong‘in sababini aniqlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar