Kattaqo‘rg‘onda yosh yigit kaltaklab o‘ldirildi, deb xabar tarqatdi viloyatdagi mahalliy nashrlardan biri «Zarafshon» gazetasi.
Kattaqo‘rg‘on shahrida yuz bergan beboshlik ortidan sodir etilgan jinoyat bir yosh yigitning o‘limi bilan yakun topdi, deyiladi xabarda.
Ushbu janjal dastlab Kattaqo‘rg‘on shahar Ingichka qo‘rg‘onida tashkil etilgan arqon tortish musobaqasida boshlangan. Tortishuv musobaqa yakun topgandan keyin ham davom etib, yoshlar guruhbozlik qilib, bir-biri bilan «hisob-kitob» qilishni o‘zlariga ma’qul ko‘rishgan.
R.Tursunov va A.Bobomurodov musobaqaning ertasiga D.Kenjaev va M.Abdunabievlarni avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi yonida haqoratlab, ularga tan jarohati etkazishadi.
Shu bilan janjal yakuniga etmaydi. Jabrdiydalar qasos olish uchun yoniga o‘rtoqlarini to‘playdi. M.Abdunabiev, J.Jumaev va F.Maxmadraimov bir guruh bo‘lib, A.Bobomurodovni do‘pposlaydi. Voqeaga guvoh bo‘lgan B.Berdirahmonov A.Bobomurodovni tanib, unga yordam berishga oshiqadi va u ham jahl otidagi kimsalar mushtidan benasib qolmaydi.
Mushtlashuv natijasida A.Bobomurodov hushini yo‘qotadi. Unga yordam bermoqchi bo‘lgan janjal ishtirokchilarining harakati besamar ketadi. Shifoxonaga olib borilgan A.Bobomurodov tan jarohatlari tufayli vafot etadi.
Voqea joyida olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari va guvohlar ko‘rsatmasi jinoyatga qo‘l urgan kimsalarning aybini tasdiqladi.
Sudning qora kursisida o‘tirgan, yoshlik zavqini zaharga aylantirgan yoshlar qilmishidan pushaymon bo‘ldi. Lekin endi kech, o‘z ayblariga iqror bo‘lishdi. Sud ularga nisbatan qonuniy jazo tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida 2015-2016 yillarda umumiy jinoyatchilikning keskin kamayishiga erishilmagan. Jumladan, badanga qasddan og‘ir shikast etkazish 8 foizga, o‘g‘irlik 18 foizga, firibgarlik 23,4 foizga oshgan. Joriy yilning birinchi yarmida umumiy jinoyatlar soni 1,8 foizga ko‘paygan. Qasddan odam o‘ldirish jinoyati 13 taga keskin ortib, 43 tani tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...