16:22 / 04.08.2017
6 959

O‘zbekiston aholisi 32,1 mlndan oshdi

O‘zbekiston aholisi 32,1 mlndan oshdi
2017 yilning 1 yanvar holatiga respublika doimiy aholisining soni 32 120,5 ming kishini tashkil qildi. Shundan 16 121 ming kishi yoki 50,2 foizini erkaklar va 15 999,5 ming kishi yoki 49,8 foizini ayollar tashkil etadi. Ushbu ma’lumotlar Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilindi.

2016 yilning yanvar - dekabrida tug‘ilganlar soni 726,2 mingni tashkil qildi (2015 yilda bu ko‘rsatkich respublika tarixida eng ko‘p 734,1 mingga teng bo‘lgandi).

Hisobot davrida o‘lganlar soni 154,8 ming, bir yoshga to‘lmagan 7,8 mingta bolalar o‘limi kuzatildi.

Umr ko‘rish davomiyligi o‘rtacha 73,8 yoshni, erkaklarda – 71,4, ayollarda – 76,2 yoshni tashkil etdi. Respublika bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi 28,5 yoshni tashkil etmoqda, 1991 yilda bu ko‘rsatkich 23,3 yoshni tashkil etgan, ya’ni aholining o‘rtacha yoshi 5,2 yoshga keksaygan.

FHDYo organlarida 275 mingta nikoh va 29,3 mingta ajralish ro‘yxatga olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston aholisi 32,1 mlndan oshdi