
Toshkent shahrida navbatdagi jiddiy YTH yuz berdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Nashrning bildirishicha, hodisa bugun, 5 avgust kuni yuz berdi. Poytaxtning Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom madaniyat va istirohat bog‘i yonida “Neksiya” va “Lasetti” avtomobillari to‘qnashib ketgan.
Voqeaga aynan nima sabab bo‘lgani noma’lum, biroq, taqdim etilgan videodan ko‘rish mumkinki, yo‘lning qurilishi boshlangan, ammo keyinchalik chala tashlab qo‘yilgan qismi ham hodisaning kelib chiqishiga turtki bergan bo‘lishi mumkin.
YTH oqibatida jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.


“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar