
Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja Shveysariya prokuraturasidan tergov jarayonini to‘xtatishni so‘radi, deb xabar qilmoqda Asr.uz nashri.
Advokatning so‘zlariga qaraganda, u Gulnora Karimova hozir qayerda ekanligini bilmaydi va u bilan aloqaga chiqishning imkoni bo‘lmagan.
Bunday sharoitda, advokat Karimovaning huquqlarini «qonuniy sud talabiga javob beradigan darajada» himoya qila olmasligi tufayli, u Shveysariya prokuraturasidan tergov ishlarini to‘xtatib turishni so‘ramoqda.
Undan tashqari, Manja aytishiga qaraganda, 2016 yilning dekabr oyida u Gulnora Karimova bilan uchrashgan vaqtda, Karimova O‘zbekistondagi sud jarayoni haqida advokatga hech narsa xabar qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning eng katta mablag‘lari aynan Shveysariyada saqlanmoqda. O‘zbekiston bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, u erda 777,8 mln dollar pul mablag‘lari, hamda qiymati 18,5 mln frank (19,4 mln $) bo‘lgan villasi bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar