
Germaniyalik taniqli avtopoygachi, uch yo‘nalish bo‘yicha Ginnes rekordchisi Rayner Sitlou ayni paytda poytaxtimizda bo‘lib turibdi, deb yozmoqda «Uz24» nashri.
Venesiya-Shanxay yo‘nalishi bo‘ylab sayohat qilayotgan Rayner “Buyuk ipak yo‘li”ni tez bosib o‘tish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatish niyatida.
Ma’lum bo‘lishicha, Sitlou bugun Germaniya elchixonasida tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan. Tadbir davomida u O‘zbekiston haqida o‘z fikrlarini bildirarkan, Samarqandni "Buyuk ipak yo‘lining yuragi" deya ta’riflagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar