
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shavkat To‘laganov O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Bugun, 7 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev mazkur farmonni imzoladi.
Shuningdek, ushbu farmon bilan Shavkat To‘laganov avval egallab turgan lavozimi - O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi.
Yangi lavozimiga ko‘ra uning zimmasiga erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat hududlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha majburiyatlar yuklatilgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar