43 235
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida sirtqi bo‘limlar ochiladi (+OTMlar ro‘yxati)
9 avgust kuni Prezident "Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi, deb yozmoqda Uz24 sayti.
Hujjatga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladi.
Belgilanishicha:
oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil pedagogik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega pedagog kadrlar hisobidan amalga oshiriladi;
maxsus sirtqi bo‘limda o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani bir yillik o‘qitish qiymatini aniqlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
maxsus sirtqi bo‘limda o‘qiyotgan talabalarga imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtida ularning oylik maoshlari asosiy ish joyida saqlangan holda bir o‘quv yilida ikki marta bir oydan o‘quv ta’tillari beriladi. Bunda, o‘quv ta’tillari qoida tariqasida umumta’lim muassasalaridagi qishki va yozgi ta’til vaqtiga to‘g‘ri kelgan davrda beriladi va ularga belgilangan tartibdagi yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi ham saqlanib qoladi;
talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishda bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladigan dars soatlari o‘qishga yuborgan ta’lim muassasasining o‘qituvchilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida o‘tiladi;
maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘qishga kirishda tavsiyanoma beruvchi vazirlik yoki idora, oliy ta’lim muassasasi va talaba o‘rtasida o‘qishni yakunlagandan keyin tavsiyanoma bergan tashkilot yo‘llanmasida ko‘rsatilgan ish joyida (ta’lim muassasasida) besh yildan kam bo‘lmagan muddatda ishlab berish majburiyati bilan uch tomonlama shartnoma tuziladi;
maxsus sirtqi bo‘limlarda ta’lim yo‘nalishlari xususiyatiga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbati qonun hujjatlarida belgilangan normativlar asosida belgilanadi;
oliy ta’lim muassasasida maxsus sirtqi bo‘lim o‘quv jarayonini tashkil etishga fakultet dekani maqomidagi bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga 2017/2018 o‘quv yili uchun:
- oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarida o‘qish uchun tavsiyanoma beruvchi vazirliklar va idoralar ro‘yxatini;
- maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan takliflarni inobatga olgan holda maxsus sirtqi bo‘limlarga qabul kvotalarini;
- maxsus sirtqi bo‘limlarga qabul qilish tartibi va mezonlari hamda
- uch tomonlama shartnoma shaklini tasdiqlash huquqi beriladi.
Kelgusi o‘quv yillariga qabul kvotalari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan tartibda belgilanadi.
Pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berish sirtqi ta’lim shaklida tashkil etilsin, bunda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bakalavriat ta’lim yo‘nalishining
2-kursidan (o‘quv rejalardagi fanlar farqidan qat’i nazar) kamida 3 yil muddat etib belgilandi.
2017/2018 o‘quv yili uchun maxsus sirtqi va sirtqi ta’limlarda o‘quv jarayoni istisno tariqasida joriy yilning 1 oktyabridan boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183-son
qaroriga ilova
Pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar
tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari
ro‘yxati
1. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
2. Andijon davlat universiteti
3. Buxoro davlat universiteti
4. Guliston davlat universiteti
5. Qarshi davlat universiteti
6. Namangan davlat universiteti
7. Samarqand davlat universiteti
8. Termiz davlat universiteti
9. Urganch davlat universiteti
10. Farg‘ona davlat universiteti
11. Jizzax davlat pedagogika instituti
12. Navoiy davlat pedagogika instituti
13. Nukus davlat pedagogika instituti
14. Qo‘qon davlat pedagogika instituti
15. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi