Buxoroning sobiq hokimi lavozimga qaytarildi

1 daqiqa o'qish9.4K
Buxoroning sobiq hokimi lavozimga qaytarildi
Buxoro shahrini 1997-2011 yillar davomida boshqargan Karim Jamolovich Kamolov shahar hokimligiga qaytarildi. Buxoro shahri hokimligidagi manba bu ma’lumotni «Kun» nashriga tasdiqlagan.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 10 avgust kuni xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan.

Sessiyada viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqqan.

Sessiya davomida shu yilning yanvarida Buxoro shahriga hokimlik etib tayinlangan Ixtiyor Farmonov vazifasidan ozod qilingan.

Farmonov o‘rniga avvalroq 14 yil davomida shaharni boshqargan Karim Kamolov Buxoro shahri hokimi etib tayinlangan. Kamolov 2011 yilda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qarori bilan lavozimidan ozod qilingan, uning o‘rniga Qiyomiddin Rustamov shahar hokimligiga tayinlangandi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan Qiyomiddin Rustamov sog‘ligi tufayli lavozimni tark etadi va uning o‘rnini Hayit Komilov egallaydi. Lekin u 3 oydan keyin avvalgi ishidagi jinoyatlari uchun hibsga olinadi. Uning o‘rniga tayinlangan Valijon O‘rinov esa 2012 yil sentyabridan 2017 yil yanvariga qadar lavozimda bo‘ladi.

Ixtiyor Farmonovning qisqa muddatda lavozimini tark etishi sababi keltirilmagan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?